
Chevrolet kompaniyasi 2026 yilgi Equinox krossoverining narx va jihozlanish tafsilotlarini e’lon qildi.
Baza modeli 29 995 dollardan boshlanadi, to‘liq yurituvchan versiyalar esa 31 995 dollardan sotiladi. Activ va RS sport versiyalari esa 34 395 dollardan boshlanadi.
Mijozlarga quyidagi qo‘shimcha jihozlar taklif etiladi:
- LT uchun Convenience Package II: elektr boshqaruvli o‘rindiqlar, yomg‘ir sensori va simsiz quvvatlash.
- Panorama lyuk va Midnight Edition qora dizayn elementlari bilan.
- Activ va RS uchun Convenience Package III: old o‘rindiqlarni ventilyatsiyalash va orqa o‘rindiqlarni isitish.
Equinox 175 ot kuchiga ega 1,5 litrli dvigatel bilan ta’minlangan. Old yurituvchan modellar variator bilan, to‘liq yurituvchan versiyalar esa 8 pog‘onali avtomat uzatma bilan jihozlangan.
Ishlab chiqarish 2025 yil mart oyida Meksikada boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar