
Bestune Pony shahar elektromobili o‘z sinfida birinchi bo‘lib Xitoy kompaniyasi DeepSeek neyrotarmog‘i bilan jihozlandi, deb yozadi Avtopilot portali.
DeepSeek neyrotarmog‘i avtomobilning multimedia tizimiga integratsiya qilindi. Ushbu innovatsion tizimga ega modelni FAW kompaniyasi taqdim etdi. Sun’iy intellekt haydovchiga musiqa tanlash yoki yo‘nalish tuzish bo‘yicha yordam beradi.
Xitoyda Bestune Pony elektromobilining boshlang‘ich narxi 24,9 ming yuan (34,1 ming dollar). Dvigatel quvvati 27 dan 41 ot kuchigacha, maksimal tezligi esa 100 km/soat. 9,4 kVt/soat batareya bilan avtomobil 112 km masofani bosib o‘tishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar