06:59 / 13.03.2025
40

Porsche kelajakda DVS va gibrid SUV ishlab chiqarishi mumkin

Porsche kelajakda DVS va gibrid SUV ishlab chiqarishi mumkin
Porsche 2026-yilda Macan'ning benzinli versiyalarini ishlab chiqarishni to'xtatishini tasdiqladi. Ushbu qaror kompaniyaning elektrifikatsiya strategiyasi doirasida qabul qilindi. Porsche Macan uchun ichki yonuv dvigatellarining (DVS) kelajakda mavjud bo'lmasligini rasman ma'lum qildi.

Shu bilan birga, Porsche 2030-yilgacha yangi DVS va gibrid dvigatelli SUV ishlab chiqish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Yangi model zamonaviy dizayn va brendga xos xususiyatlarni saqlab qolishi kutilmoqda.

Porsche o‘z elektrifikatsiya strategiyasini qayta ko‘rib chiqib, Cayenne va Panamera kabi mashhur modellarni 2030-yillarning oxirigacha DVS bilan ishlab chiqarishni davom ettirishga qaror qildi. Bu avtomobillar gibrid va elektr komponentlar bilan jihozlanadi. Yevropada ushbu modellar dastlab benzin dvigatelidan voz kechishi mumkin.

Bundan tashqari, Porsche elektr Cayenne ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, bu kompaniyaning kengayib borayotgan elektromobil liniyasining bir qismi bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto