
Hyundai Creta yangi dizayn va gibrid dvigatel bilan chiqadi, deb Daily Motor xabar berdi.
Hyundai'ning mashhur krossoveri Creta 2027 yilda tubdan yangilanishi kutilmoqda. Uchinchi avlod modeli ichki hujjatlarda SX3 nomi bilan qayd etilgan bo‘lib, u nafaqat yangi tashqi ko‘rinish, balki zamonaviy texnologiyalar bilan ham jihozlanadi.
Avtomobil ishlab chiqarilishi Hindistonning Tamilnad shtatidagi zavodda boshlanib, keyinchalik boshqa mamlakatlarda ham yo‘lga qo‘yiladi.
Insayderlarning ma'lumotlariga ko‘ra, Creta yangi Santa Fe va Palisade modellardan ilhomlangan yangi dizayn va interyerga ega bo‘ladi.

Eng katta o‘zgarishlar texnika qismida bo‘lishi mumkin. Ushbu model 1,5 litrlik benzin dvigateli va elektr motordan iborat kuchli gibrid dvigatel bilan jihozlanishi haqida mish-mishlar tarqalgan. Hozirda ishlatilayotgan 1,5 litrlik benzin va dizel dvigatellar esa saqlanib qolishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar