
Toshkentda pulli avtoturargohlar sinov tarzida ish boshlaydi, deb Autostrada.uz xabar berdi. 12 mart kuni Toshkent hokimligida o‘tkazilgan brifingda “Tashkent Invest” vakili poytaxtda rejalashtirilgan pulli avtoturargohlar tizimi haqida ma’lumot berdi.
Shahar bo‘ylab 200 mingdan ortiq pulli to‘xtash joylari tashkil etilishi kutilmoqda. Bu orqali tirbandliklarni kamaytirish va harakat tezligini o‘rtacha 37 km/soatdan 42 km/soatga oshirish maqsad qilingan.
Loyihaning birinchi bosqichida 86 ta zona tashkil etilib, ular 13–14 ming avtomobil uchun mo‘ljallanadi. Birinchi pulli avtoturargohlar Mirabad va Yakkasaroy tumanlarida mart oyida ishga tushadi. Tizimning to‘liq joriy etilishi 2025 yilning iyul oyiga mo‘ljallangan.
Parkovka narxlari farqlanadi: soatiga 5, 8, 10 yoki 12 ming so‘m, maksimal narx esa — 30 ming so‘m (Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan).
Sayid Baraka ko‘chasida 250 ta avtoturargoh tashkil etilishi natijasida tirbandlik 18 foizga kamayadi va harakat tezligi ortadi.
To‘lovni nazorat qilish uchun videokameralar, planshetli inspektorlar va patrul avtomobillari jalb etiladi. Muhimi, to‘lov qilinmagan taqdirda jarimalar faqat 2026 yildan qo‘llaniladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar