
Iyun oyida O‘zbekistonda yangi BYD Sealion 07 krossoverining global versiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tadi, deb Autosrada nashri xabar berdi.
Avtomobil ilgari Avstraliya, Yevropa, Dubay va Yangi Zelandiyada savdoga chiqarilgan, biroq mahalliy bozorda u hali mashhurlikka erishmagan.
Sealion 07, aslida, Song L bilan bir platformada yaratilgan bo‘lsa-da, “okeanik” liniyaga mansub bo‘lib, o‘ziga xos dizayni bilan ajralib turadi.
BYD brend ierarxiyasida Sealion 07 — Song Plus Champion (Sealion 6) dan yuqoriroqda turadi va sport krossoveri sifatida tan olingan.