
Rossiyada 2025 yilgi Avatr 11 krossoverlarining rasmiy sotuvi boshlandi, deb BBC xabar berdi. Yanvarda bozorda 2024 yilgi modellar taqdim etilgan bo‘lsa, hozir esa dilerlar 2025 yilgi mashinalarni taklif qilmoqda. Avatr — Changan brendining premium elektr avtomobili hisoblanadi.
Yangi Avatr 11 avtomobili 9 ta shahardagi 19 dilerlik markazida 56 xil tashqi va ichki dizayn variantida mavjud. Yaqin orada Sankt-Peterburg va Tyumen shaharlarida yana 2 avtosalon ochilishi rejalashtirilgan.
Avatr 11 Rossiyada o‘zining uzoq kafolati bilan ajralib turadi: elektromotor, tortuvchi batareya va kuch tizimi uchun 8 yil yoki 160 000 km kafolat beriladi. Boshqa qismlar uchun esa — 5 yil yoki 120 000 km.
Krossover o‘lchamlari: 4880 x 1970 x 1601 mm, g‘ildirak bazasi — 2975 mm. U Long Range 4, Ultra-long Range 5 va Ultra-long Range 4 komplektatsiyalarida sotiladi. Quvvati — 578 ot kuchi, yurish masofasi — 555 yoki 680 km. Batareya sig‘imi — 90 yoki 116 kVt/soat. Narxi 6,95 million rubl (taxminan 957 million so‘m) dan boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!