
Voyah Free.
Xitoyda 2024 yilda sotilgan avtomobillarning sifat reytingi e’lon qilindi. Ushbu reytingda mashinalarning sifati turli nuqsonlar va buzilishlar soni bo‘yicha baholandi. Bunda har bir brendga jarima ballari berilgan bo‘lib, kamroq ball yig‘gan avtomobil ishonchliroq va sifatliroq hisoblanadi.
Reytingda birinchi o‘rinni Dongfeng davlat konserniga tegishli bo‘lgan premium brend Voyah egalladi. Ushbu marka mashinalari eng kam nuqson va buzilishlar bilan 153 jarima ballini yig‘di.
Ikkinchi o‘rin ham Dongfeng konserni bilan hamkorlikdagi Dongfeng Honda avtomobillariga tegishli bo‘ldi — 156 ball. Uchinchi pog‘onada esa jahonga mashhur Volvo brendi joylashgan bo‘lib, u 157 ball yiqqan.
Ro‘yxatning to‘rtinchi o‘rnini GAC Hyptec avtomobili 158 ball bilan egallagan bo‘lsa, beshinchi o‘ringa Great Wall konsernining Wey premium brendi (160 ball) munosib topilgan.
Top-10 reytingga kirgan boshqa sifatli brendlar orasida GAC Trumpchi (161 ball), GAC Aion (162 ball), Jetta (163 ball), Changan Nevo (167 ball) va YangWang (170 ball) avtomobillari ham bor.
Qizig‘i shundaki, Xitoyning eng mashhur va Tesla brendining asosiy raqibi bo‘lgan BYD atigi 26-o‘rinni egallab, 191 ball yig‘gan.
O‘zbekistonda ham yaxshi tanilib qolgan mashhur brendlar — Chery, Haval, Geely va Changan reytingda ancha past o‘rinlarda qolib ketdi. Masalan, Chery 51-o‘rinni (224 ball), Haval 42-o‘rinni (210 ball), Geely 27-o‘rinni (192 ball), Changan esa 30-o‘rinni (194 ball) egallagan.
Bu reyting Xitoy bozorida sifatli va ishonchli avtomobillar xarid qilishni rejalashtirayotganlar uchun muhim yo‘lko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar