
Renault va Total Energies kompaniyalari Cell Shield deb nomlangan yangi sovitish texnologiyasini yaratishdi, deb cenyavto.com xabar berdi. Bu tizim akkumulyatorlarni maxsus dielektrik suyuqlikka cho‘ktirish orqali ularni samarali sovitadi. Natijada, zaryadlash vaqti 50% ga kamaydi va quvvat zahirasi 6% ga oshdi.
Oddiy radiatorli yoki havo bilan sovitish tizimlaridan farqli o‘laroq, bu texnologiya xavfsizlikni oshiradi va ishlab chiqarish xarajatlarini 6% ga kamaytiradi. Texnologiya Ricardo va Renault tomonidan bir necha yil davomida sinab ko‘rilgan.
Agar bu tizim ommaviy ishlab chiqarishga joriy etilsa, elektromobillar uchun texnologik yutuq bo‘lishi mumkin.
RenaultTotal EnergiesElektromobilZaryadlash VaqtiSovitish TexnologiyasiXavfsizlikni Oshirish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar