
Chevrolet kompaniyasi Silverado EV 2026-yilgi modelining yangi Trail Boss versiyasini taqdim etdi, deb xabar bermoqda iXBT. Model offroad (bezdorojye) harakati uchun mo‘ljallangan bo‘lib, maksimal batareya sig‘imida 769 km masofani bosib o‘tishi mumkin. Bu avvalgi modifikatsiyalarga nisbatan 17% ko‘p.
Trail Boss 5 sm ko‘tarilgan klirensga, 88,9 sm (35 dyuym) offroad shinasi va 45,7 sm (18 dyuym) g‘ildiraklarga ega. Unda GMC Hummer EV’dagi Crab Walk tizimiga o‘xshash Sidewinder texnologiyasi mavjud bo‘lib, to‘rtta g‘ildirakni bir yo‘nalishda burish imkonini beradi. Bu imkoniyat Trail Boss va RST versiyalarida bo‘ladi.
Aynan Trail Boss’ga xos Terrain rejimi qo‘shilgan bo‘lib, u past tezlikda momentni aniq taqsimlash orqali boshqaruvni yengillashtiradi. Model 725 ot kuchi va 1051 N·m aylanish momentiga ega. Yuk ko‘tarish quvvati — 952 kg, tortish qobiliyati — 5669 kg. Biroq to‘liq yukda yurish masofasi kamayadi.
Texnik tarafdan, qo‘lsiz boshqaruv imkonini beruvchi Super Cruise tizimi ham qo‘shilgan, u tortish rejimini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Silverado EV asosiy versiyasi narxi $54 895 etib belgilanmoqda (avval $57 095 edi). Work Truck versiyasi 45 sm (17,7 dyuym) sensor ekran va 27,9 sm (11 dyuym) panel bilan ta’minlangan.
Trail Boss narxi uzoq yurishli versiya uchun $72 095, maksimal to‘liq komplektatsiya uchun esa $88 695 dan boshlanadi. Model Ford F-150 Lightning va Tesla Cybertruck’ga raqib bo‘lishi kutilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar