date
views 51

BYD elektromobillari 169% o‘sib, Tesla’ni ortda qoldirdi

BYD elektromobillari 169% o‘sib, Tesla’ni ortda qoldirdi
Xitoylik avtomobil giganti BYD Evropada Tesla’ni elektromobil savdosi bo‘yicha ilk bor ortda qoldirdi, deb xabar beradi 3DNews Jato Dynamics ma’lumotlariga asoslanib.

2025-yil aprel oyida BYD Yevropada 7231 dona elektromobil sotdi, bu esa o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 169% o‘sishni anglatadi. Shu orqali u birinchi bor Yevropa bozorida eng ommabop elektromobil brendlari kuchli 10 taligiga kirdi.

Ayni paytda, Tesla’ning Yevropadagi sotuvlari 49% ga kamaydi — aprel oyida 7165 dona mashina ro‘yxatdan o‘tkazilgan. BYD Tesla’dan atigi 66 dona ortiq mashina bilan ustunlikka erishdi.

Yetakchilikni Volkswagen saqlab turibdi: aprel oyida 23 514 dona elektromobil ro‘yxatdan o‘tkazgan (+61%). Undan keyingi o‘rinlarda BMW (14 867 dona), Skoda va Audi joylashgan. Renault, Mercedes-Benz, Volvo va Hyundai ham kuchli 10 talikda. BYD va Tesla esa ro‘yxatning oxirida.

BYD bozordagi mavqeini quvvat oluvchi gibrid avtomobillari hisobiga ham mustahkamlamoqda. Ularga yuqori bojlar tatbiq etilmaydi. Shu orqali BYD’ning umumiy savdosi Yevropada aprel oyida 359% ga o‘sgan.

Eng arzon BYD modellari — Dolphin Surf (Seagull) — Yevropa bozorida 20 000 yevrodan taklif qilinmoqda. Biroq to‘liq jihozlangan versiyasi 23 000 yevroga yetadi, bu esa Renault 5 kabi brendlar bilan raqobatni qiyinlashtiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » BYD elektromobillari 169% o‘sib, Tesla’ni ortda qoldirdi