date
views 69

Yangilangan Ford Mondeo ilk suratlari e’lon qilindi

Yangilangan Ford Mondeo ilk suratlari e’lon qilindi
Ford kompaniyasi yangilangan Mondeo sedanini sinovdan o‘tkazmoqda, deb Auto.Mail.ru xabar berdi. Bu model ilgari Yevropada va AQShda (Fusion nomi bilan) mashhur bo‘lgan, ammo krossoverlar ommalashgani sababli ushbu bozorlar tark etilgan. Yevropa uchun so‘nggi Mondeo 2022 yilda Ispaniyadagi zavodda ishlab chiqarilgan.

Biroq, Ford Mondeo butunlay to‘xtatilmagan — 2022 yilda Xitoy bozori uchun 5-avlod sedani taqdim etilgan edi. Hozirda kompaniya uning yangilangan versiyasini sinovdan o‘tkazmoqda va u paparatsilar tomonidan suratga olingan.

Tashqi ko‘rinishdagi asosiy o‘zgarishlar avtomobilning old qismida. Avvalgi Mondeo’da “ikki qavatli” chiroqlar bor edi, bu xaridorlarga unchalik yoqmagan. Yangilangan versiyada esa chiroqlar oddiy bo‘lib, ularning asosiy ajralib turadigan jihati — shaxmat tartibida joylashgan LED kunduzgi chiroqlar bo‘ladi.

Shuningdek, orqa chiroqlar va bamperlar ham biroz yangilanadi. Eshik tutqichlari esa ilgari kabi yashirin shaklda qoladi. Salonida katta o‘zgarishlar kutilmayapti — asosiy e’tibor 27 dyuymli keng ekranga qaratiladi.

Texnik jihatdan hozirgi Mondeo konservativ bo‘lib, 1.5 va 2 litrli EcoBoost benzinli dvigatellari hamda gibrid versiyalarda taklif etiladi. Rasmiy taqdimot 2025 yil oxiriga qadar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yangilangan Ford Mondeo ilk suratlari e’lon qilindi