
Chexiyaning Praga Bohema superkari Buyuk Britaniyaning Dansfold shahridagi Top Gear test trassasida elektromotorsiz ishlaydigan eng tez seriyaviy yo‘l avtomobili bo‘ldi, deb Auto.mail.ru xabar berdi. Rekordni britaniyalik haydovchi Ben Kollinz — Top Gear'dagi sobiq maxfiy haydovchi “Stig” o‘rnatdi.
Ben Kollinz Praga Bohema rulida 2,82 km masofani 1 daqiqa 9,8 soniyada bosib o‘tdi. Bu natija Aston Martin Valkyrie gibrid giperkarining ko‘rsatkichidan atigi 0,2 soniyaga ortiq.
Praga faqat 89 dona Bohema chiqarishni rejalashtirgan. Barcha avtomobillar Chexiyada qo‘lda yig‘iladi. Dastlabki mijozlarga yetkazib berish o‘tgan yil oxirida boshlangan.
Bohema 3,8 litrli, 700 ot kuchiga (750 Nm) ega Nissan GT-R’dan olingan V6 dvigatel bilan jihozlangan. Og‘irligi 1 tonnadan kam. 0-100 km/soatgacha tezlashish 2,3 soniyani tashkil etadi, maksimal tezligi 300 km/soatdan yuqori. 250 km/soat tezlikda aerodinamika 900 kg dan ortiq bosim hosil qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar