
Geely kompaniyasi rasmiy ravishda Galaxy A7 EM-i modelini taqdim etdi, deb CarNewsChina xabar berdi. Bu yangi gibrid sedan 2 l/100 km yoqilg'i sarfi va 2100 km dan ortiq umumiy yurish masofasi bilan ajralib turadi.
Galaxy A7 EM-i modeli Galaxy Star 8 EM-i'ning kichikroq varianti hisoblanadi. Avtomobil 4918 mm uzunlik, 1905 mm kenglik, 1495 mm balandlik va 2845 mm g'ildirak bazasiga ega.
Yangi modelning taxminiy narxi 100 000 yuan (taxminan 1,1 mlrd so'm) bo'lishi kutilmoqda.
Salon dizaynida ikki spitsali ko'p funksiyali rul, katta raqamli asboblar paneli va markaziy "suzuvchi" ekran mavjud. Markaziy konsolda fizik tugmalar, aylanuvchi media boshqaruvi va qopqoqli stakan qo'ygichlar joylashgan.
Avtomobil 1.5 litrlik benzin dvigateli (112 ot kuchiga ega) va elektromotor bilan jihozlangan. Gibrid tizimning umumiy quvvati hozircha ma'lum emas, ammo 238 dan 350 ot kuchigacha bo'lishi taxmin qilinmoqda.
Galaxy A7 EM-i ikki variantda taklif etiladi: 60 km va 130 km elektr yurish masofasi bilan. Sotuvga chiqish sanasi va aniq narxlar yaqin vaqtda e'lon qilinadi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar