date
views 3 484

Toshkentda fojiali YTH: piyoda bilan daraxtga borib urildi

Toshkentda fojiali YTH: piyoda bilan daraxtga borib urildi
Joriy yilning 31- may kuni Toshkent shahrida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan video orqali ma’lum bo‘lishicha, voqea poytaxtning Bektemir tumanida yuz bergan.

Tafsilotlarga ko‘ra, Matiz rusumli avtomobil va Nexia avtomobili ishtirokida yo‘lda to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Nexia avtomobilni 1995- yilda tug‘ilgan haydovchi boshqargan. To‘qnashuvdan so‘ng Nexia haydovchisi mashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida ketayotgan piyoda fuqaroni urib yuborgan va shundan so‘ng daraxtga borib urilgan.

Jabrlanuvchi fuqaro Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent filialiga olib borildi. Mutaxassis shifokorlarning ma’lum qilishicha, unga "bosh miya yopiq jarohati", "miya chayqalishi" va "chap son suyagi singani" kabi tashxislar qo‘yilgan.

Bemor shoshilinch ravishda reanimatsiya bo‘limiga yotqizilib, tezkor jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Singan oyog‘i qayta tiklandi va hozirda uning ahvoli qoniqarli deya baholanmoqda.

Hozirgi kunda ushbu hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIB Tergov boshqarmasi tomonidan qonun doirasida tergov ishlari olib borilmoqda. Voqea bo‘yicha barcha holatlar huquqiy jihatdan o‘rganilishi va mas’ullarga nisbatan zarur choralar ko‘rilishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toshkentda fojiali YTH: piyoda bilan daraxtga borib urildi