Toyota kompaniyasi keyingi avlod Camry sedanining birinchi tizerini chop etdi. Yangi avloddagi avtomobil namoyishi Detroytda yanvardagi motorshouda bo‘lib o‘tadi.
Avtosalonda "Kamri"ning amerikancha varianti namoyish qilinadi. Aynan shu avtomobilning chiroqlari va orqa kuzovi suratlarda aks etgan. Mashinaning AQSh uchun varianti boshqa davlatlarga, jumladan Rossiyaga mo‘ljallanganidan ancha farq qiladi: ularning texnik jihozlanishi deyarli bir xil, biroq kuzovlari umuman boshqacha.
Mashinaning dizayni o‘zgarishi haqidagi ma’lumotdan tashqari, u haqda boshqa batafsil ma’lumot hozircha yo‘q. Model "Leksus"larga o‘rnatiladigan hamda 245 ot kuchi beradigan 2 litrli 4 silindrli turbodvigatel bilan jihozlanishi ehtimoli mavjud.
AQShda yangi Camry keyingi yil o‘rtalarida paydo bo‘ladi. Sal keyinroq mashina boshqa davlatlarda ham sotuvga chiqariladi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?