
Elektronika borasida zamonaviy avtomobillar juda tez rivojlanib bormoqda. Albatta, bu jarayonni smartfon bozori bilan qiyoslab bo‘lmaydi, biroq avtomobil elektronikasi sohasi ham jadal sur’atlar bilan o‘sib bormoqda.
Jumladan, kuni kecha Germaniyaning Mercedes-Benz yaqin kelajak aatomobillarida qo‘llaniladigan navbatdagi innovasiyani namoyish qildi. Ishlanmaga Digital-Light nomi berilgan bo‘lib, u yangi avloddagi adaptiv svetodiodli faralar to‘plamidan iborat.
Digital-Light faralarining har birida milliondan ortiq mikroko‘zgular mavjud. Ular yo‘lda turli shakllarning qiyofasini aks ettirishi mumkin. Deylik, bularga masofa uzunligi ko‘rsatilgan burilish belgisi yoki boshqa yo‘l qoidasi bilan bog‘liq boshqa shakllarni misol qilsa bo‘ladi. Shuningdek, faralar avtomobil oldida piyodalar yo‘lakchasini ham chizishi mumkin. Bunday faralar birinchi bo‘lib S-Class avtomobillarida paydo bo‘lishi aytilmoqda. Qolgan imkoniyatlar bilan quyidagi videoda tanishing.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar