Italiya dunyodagi eng katta yuk tashuvchi samolyotni qurishni rejalashtirmoqda, deb Il Corriere Della Sera xabar berdi. Loyiha ilk bor 2016 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, samolyotning balandligi to‘rt qavatli uy bilan teng bo‘ladi
“WindRunner” deb nomlangan havo kemasi ulkan hajmdagi yuklarni, ayniqsa, yangi avlod shamol turbinalarini tashish uchun mo‘ljallangan. Loyiha Massachusets texnologiya instituti professori va qayta tiklanuvchi energetika mutaxassisi Mark Lundstrom tadqiqotlari asosida ishlab chiqilgan.
Uzunligi 108 metr, qanot kengligi 80 metr bo‘lgan “WindRunner” 2000 km masofagacha parvoz qila oladi. Loyiha doirasida Leonardo, Magnaghi Aerospace, Aernnova hamda Gollandiya va Buyuk Britaniya kompaniyalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.
Tashabbus natijasida bir necha milliard yevro investitsiya jalb qilinishi va kamida 2500 ta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Bilvosita ish o‘rinlari esa buning besh barobariga yetishi mumkin. Loyihani amalga oshirish ishlari yil yakuniga qadar boshlanishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!