O‘zbekistonda 2025-yil yanvar–iyul oylarida Chevrolet Cobalt ishlab chiqarish hajmi 83,1 mingdan oshdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘rsatkich 1,9% ga kamaygan, deb Kursiv xabar berdi.
Shu bilan birga, Damas ishlab chiqarish 5,5% ga ko‘tarilib, 51,5 ming donaga yetdi. Tracker modeli 26,3 ming, Onix esa 18,7 ming dona ishlab chiqarildi.
Umuman olganda, yetti oyda respublikada 212,1 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarildi (ixtisoslashgan mashinalarsiz). O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 204,9 ming dona edi.
Yuk mashinalari ishlab chiqarish 1,8 mingdan 2,3 ming donaga chiqdi. Ammo avtomobillar uchun dvigatel ishlab chiqarish 142,2 mingdan 131,8 ming donaga tushib ketdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar