Waymo kompaniyasi Nyu-York shahrida avtonom avtomobillarini sinovdan o‘tkazish uchun birinchi bo‘lib shahardan ruxsatnoma oldi, deb TechCrunch xabar berdi. Kompaniya ma’lum qilishicha, sinovlar darhol boshlanadi.
Ruxsatnoma doirasida Waymo o‘zining Jaguar I-Pace elektr SUV modelidan sakkiztagacha avtomobilni Manhetten va Bruklin markazida sentyabr oxirigacha yo‘lga chiqaradi. Mashinalarda doim malakali operator bo‘lishi shart va uning qo‘li rulda turishi kerak. Shuningdek, yo‘lovchi tashishga hozircha ruxsat berilmagan.
Bu qadam kompaniyani Nyu-Yorkda robotaksi xizmatini yo‘lga qo‘yishga yaqinlashtiradi. Waymo hozir San-Fransisko, Ostin, Feniks va Los-Anjelesda faoliyat yuritadi. Nyu-York esa murakkab yo‘l infratuzilmasi bilan sinov uchun eng qiyin shaharlaridan biri hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!