2026-yilgi Chevrolet Silverado EV modelida bir qator yangilanishlar amalga oshirildi, deb GM Authority xabar berdi. Ushbu elektr pikapiga yangi komplektatsiyalar, Trail Boss versiyasi, turli ko‘rinish paketlari va uchta yangi rang qo‘shildi.
Yangi ranglardan biri — Magnus Gray Matte Metallic. Uning kodi GBL bo‘lib, narxi 3 995 dollar (taxminan 51 million so‘m). U faqat Trail Boss versiyasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ichki qismi Black/Artemis uslubida Evotex sun’iy charm o‘rindiqlari bilan taklif etiladi.
2026-yilgi Silverado EV’ning boshlang‘ich narxi WT versiyasi uchun 54 895 dollar, yangi Trail Boss uchun esa 72 095 dollardan boshlanadi. Trail Boss ikki dyuym ko‘tarilgan podveska, 35 dyuymli shinalar, eksklyuziv Terrain va Sidewinder rejimlari hamda 725 ot kuchigacha quvvatga ega dual motor bilan jihozlangan.