date

Trade-in va trade-up tizimi avtoxizmat bozorida qonuniylashtirildi

Trade-in va trade-up tizimi avtoxizmat bozorida qonuniylashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi avtoxizmat bozoridagi tartiblarni yangilash maqsadida yangi qaror qabul qildi. Qarorga ko‘ra, trade-in va trade-up tizimlari qonuniylashgan bo‘lib, bu mexanizm orqali xaridor eski avtomobilni topshirib, narx farqini to‘lash orqali yangi yoki yuqori kategoriyadagi avtomobil olish imkoniga ega bo‘ladi, deb yozmoqda Kursiv media sayti.

Bu jarayon tizimli ravishda, distributyor va dilerlar orqali ro‘yxatga olish va rasmiy shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

Avtomobillarni texnik identifikatsiya qilish jarayoni ham joriy qilindi. Agregat raqamlari va boshqa parametrlarni YHXX bazasiga mosligi tekshiriladi. Shuningdek, avtomobilni ro‘yxatga olishdan oldin 10 kunlik vremenny ruxsatnoma joriy etilgan.

Ma'lumot uchun, avtomobilni ko‘zdan kechirish (identifikatsiya) uchun hech qanday to‘lov olinmaydi. Bundan tashqari, notarial tasdiqlash jarayoni ham elektron tizim orqali amalga oshiriladi. Elektron hisob-kitob va reyestrga kiritish tizimi ham joriy etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Trade-in va trade-up tizimi avtoxizmat bozorida qonuniylashtirildi