Raqobat qo‘mitasiga fuqaro tomonidan yangi olingan Onix avtomobilining kamchiligi sababli, uni yangisiga almashtirish va avtomashina bilan bog‘liq 10,5 million so‘m xarajatlarni qaytarib olishda yordam so‘raldi, deb yozmoqda Kursiv media sayti.
Fuqaro Asacar avtosalonidan 221,64 million so‘m narxda, 50% boshlang‘ich to‘lov asosida Onix Premier rusumli avtomobil sotib olgan. Ammo avtomobilni gaz ballonini o‘rnatish uchun servis tekshiruviga olib borganda, ustki qismida bo‘yalgan joylar aniqlangan.
Iste’molchi bu holatni avtosalon rahbariyatiga xabar qilgan, ammo avtomobilni yangisiga almashtirish rad etilgan. Shundan so‘ng fuqaro Raqobat qo‘mitasidan yordam so‘ragan.
Raqobat qo‘mitasi va UzAuto Motors AJ bilan hamkorlikda murojaatni o‘rganib chiqdi va Asacar Autosentr diler tomonidan fuqaro talabiga binoan yangi avtomobil yetkazib berildi. Shuningdek, avtomobil bilan bog‘liq 10,5 million so‘m xarajatlar to‘liq qoplandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!