2025-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda avto va mototransport vositalarini texnik xizmatdan o‘tkazish va ta’mirlash bo‘yicha 10,9 trln so‘m sarflangan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,1 foizga o‘sgan.
Texnika ta’mirlash xizmatlari hududlar bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
1.Toshkent shahri – 2 trln so‘m;
2.Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m;
3.Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m;
4.Namangan viloyati – 1 trln so‘m;
5.Qoraqalpog‘iston Resp. – 886,9 mlrd so‘m;
6.Qashqadaryo viloyati – 860,5 mlrd so‘m;
7.Toshkent viloyati – 777,9 mlrd so‘m;
8.Andijon viloyati – 717 mlrd so‘m;
9.Buxoro viloyati – 582 mlrd so‘m;
10.Xorazm viloyati – 594,9 mlrd so‘m;
11.Sirdaryo viloyati – 438,2 mlrd so‘m;
12.Jizzax viloyati – 409 mlrd so‘m;
13.Navoiy viloyati – 240,6 mlrd so‘m;
14.Surxondaryo viloyati – 102,1 mlrd so‘m.
Yil davomida texnik xizmat ko‘rsatish sohasidagi sarf-xarajatlar o‘sishni davom ettirmoqda, bu esa avtomobil ta’miri va xizmat ko‘rsatishdagi talabning ortib borayotganini ko‘rsatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!