Janubiy Koreya ikki nemis va bir yapon avto ishlab chiqaruvchisi hujjatlarining noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani tufayli 10 xorijiy avto modelining sotilishini taqiqlaydi va ularga nisbatan jarima joriy qiladi. Bu haqida Daily Sabah nashriga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
BMW, Porsche va Nissan avtomobil ishlab chiqaruvchilarining Koreya Respublikasidagi bo‘limlari Atrof-muhit muhofazasi vazirligi tomonidan joriy qilingan 7,2 milliard von (5,9 million dollar) miqdoridagi jarima to‘lovidan ajablanishdi.
Taqiqlov qo‘yilgan modellar orasida BMW'ning x5m modeli, Porsche'ning Macan S Diesel va yana ikki transport vositasi, Nissan kompaniyasining Qashqai SUV va Infinity Q50 limousine modellari bor.
Transport vositalarining sotuvga chiqarilishi noyabr oyidan buyon cho‘zib kelinmoqda. Manbaga ko‘ra, faqatgina olti model o‘z vaqtida sotilgan.
Nissan kompaniyasining modellari borasida tekshiruv ishlari davom etmoqda, BMW'ga qo‘yilayotgan ayblovlar u qadar jiddiy ahamiyatga ega emas: X6M sinov natijalariga doir ma’lumot X5M hujjatlariga o‘xshashiga ishora qilingan. BMW esa, o‘z o‘rnida, ikki transport vositasi ham bir dvigatelni qo‘llashini ma’lum qilgan. Porsche muammolar haqida o‘zi ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi