6 938
Hyundai mashina ichida mobil telefonlarni o‘chirib qo‘yadigan texnologiya uchun patent oldi
Hyundai kompaniyasi mashina ichida mobil telefonlarni o‘chirib qo‘yadigan va haydovchiga xalaqit beradigan bir qator funksiyalarni cheklaydigan texnologiya uchun patent oldi. Kompaniya mutasaddilarining fikricha, bu haydovchini chalg‘ituvchi narsalarni kamaytiradi va yo‘l xavfsizligining ta’minlanishiga yordam beradi. Bu texnologiya ayniqsa yangi haydovchilarga qo‘l kelishi mumkin, deb yozadi Kun.uz.
Texnologiyaning ishlash prinsiplari qisman oshkor etildi. Ma’lum bo‘lishicha, mashinaning elektronikasi telefonlarda SMS yozishni cheklab qo‘yib, barcha xabarlarni og‘zaki kiritish funksiyasini ishga tushirishi mumkin. Texnologiya tezlik, ob-havo, soat va boshqa jihatlarni e’tiborga olib qanday imkoniyatlar va funksiyalarni cheklash kerakligini belgilaydi.
Texnologiya ishlashi uchun mashina ichiga maxsus antennalar o‘rnatilib, ular mobil aloqa vositalarning signallarini tutib boradi. Ayni paytda, antennalarning uyali telefon bilan aloqasini ta’minlash uchun unga maxsus ilova o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Texnologiya qachon va qanday modellarda qo‘llanilishi ma’lum qilinmagan.
Shunga o‘xshash texnologiyalar boshqa avtokonsernlar tomonidan ham ishlab chiqilmoqda. Jumladan, yaqinda Chevrolet yangi avlod Malibu mashinalari uchun haydovchining yoshiga qarab tezlikni cheklaydigan Teen Driver texnologiyasini ishlab chiqqani ma’lum qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi