17:26 / 20.04.2015
10 923

NASA kelajak avtomobilini yaratdi

NASA kelajak avtomobilini yaratdi

AQShning NASA kosmik agentligi kelajak avtomobili prototipini taqdim etdi. Autorambler portalining xabar berishicha, bu qurilma kelajakning hamisha tirband shahar ko‘chalariga mo‘ljallangan elektromobildir, deb yozadi Kun.uz.

Yangi transport vositasining o‘ziga xosligi shundaki, u manyovrlar qilishga mo‘ljallangan; uni hatto yonbosh bilan parkovka qilish mumkin. Modular Robotic Vehicle (MRV) nomli ushbu elektromobilni masofadan turib ham boshqarish mumkin.

Avtomobil e-corner deb atalgan to‘rtta yurish moduli yordamida harakatga keladi; modullar elektr dvigatellari, qo‘shimcha rul privodi, elektr privodli tormoz tizimidan iborat.

Rul harakatlari har bir modulga elektr signallar tarzida etkaziladi; har bir modul yakka holda harakatlanishi va o‘z o‘qi atrofida 180 daraja aylanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » NASA kelajak avtomobilini yaratdi