AQShning General Motors kompaniyasi 2017 yilda 20 ga yaqin yangi avtomobilini taqdim etishni rejalashtirgan. Biroq, qayd etish kerak, bu saxiylikdan barcha birdek xursand bo‘lishiga asos yo‘q. Gap shundaki, 18 ta yangi model maxsus Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan. 2016 yil yakuniga ko‘ra, bu mamlakatda General Motors kompaniyasiga tegishli brendlar ostida ishlab chiqilgan 3,87 mln dona avtomobil sotilgan.
Kompaniya matbuot xizmatida ma’lum qilishicha, kutilayotgan 18 ta yangi modelning teng yarmi krossoverlar va ixcham minivenlardir. Sotish yoki debyut uchun tayyorlanayotgan modellar Buick, Chevrolet, Cadillac, Baojun va Wuling brendlariga tegishli.
Suratda: Chevrolet Malibu XL Hybrid
Ularning bir qismi qaysi modellar ekani hozirdanoq ma’lum, bular: gibrid modifikasiyadagi Buick LaCrosse, Chevrolet Malibu XL va Cadillac CT6.
Suratda: Buick LaCrosse HEV
Bundan tashqari, General Motors Xitoyda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish bilan bu mamlakatdagi o‘rnini mustahkamlash niyatida ekanini ma’lum qilgan. Bu yil Uxandagi SAIC-GM qo‘shma korxonasida gibrid va elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Shanxayda esa Panosiyo avtomobil tadqiqotlari va ishlab chiqarish markazi ish boshlaydi. Unda dizayn-studiya va aerodinamik quvur ham mujassamlashadi.
Suratda: Baojun 510 SUV. Bu krossover joriy yil mobaynida sotuvda paydo bo‘ladi
2016 yil GM kompaniyasi Xitoyda rekord miqdorda avtomobillarini sotgan. Eng mashhur modellar sifatida esa Buick, Baojun va Cadillac qayd etilgan. Konsernning Xitoydagi sho‘’ba korxonasi vise-prezidenti Met Senning so‘zlariga ko‘ra, 2017 yil yangi xizmat va modellar taklif qilinishi sababli yanada omadli bo‘lishi kutilayapti.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi, u endi...