
Xitoyning BYD kompaniyasi yaqin 2-3 yil ichida AQShda elektromobillari va gibridlarini sotishni boshlamoqchi. Bu haqda "Kommersant’" nashriga tayanib "Kun.uz" sayti xabar bermoqda.
BYD AQSh yengil avtomobillari bozoriga chiqadigan Xitoyning birinchi avtomobilsozlik kompaniyasi bo‘lishi mumkin. Hozirda AQShda bu brendning avtobuslari sotilmoqda, yaqin yillarda xitoyliklar AQSh aholisiga gibridlar va elektrokarlarni taklif qilmoqchi.
Avvalroq Xitoyning Guangzhou Automobile Group kompaniyasi sho‘’ba korxonasi GAC Motor 2019 yilda AQSh bozoriga chiqmoqchi ekanligi ma’lum qilingandi. Kompaniya yuk mashinalari, avtobus va yengil avtomobillar ishlab chiqaradi va Toyota, Honda va Fiat kabi nomdor kompaniyalar bilan hamkorlik tajribasiga ega. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar