Internetda McLaren kompaniyasi yangi superkarining niqobsiz tasvirlangan ilk suratlari paydo bo‘ldi. Ushbu suratlarni modelning yopiq taqdimotidan Autoweek nashri chop etdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Ushbu surat kim tomonidan va qachon olingani noma’lum. Yangi superkarning birinchi ommaviy namoyishi Jenevadagi avtosalonda mart oyida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq McLaren yangi modelning paydo bo‘lishini tasdiqlagandi. Hozirda 650S kupesi o‘rniga keluvchi superkar P14 indeksini olgan. Taxmin qilinishicha, modelning seriyali nusxasi 720S deb ataladi.
Yangi mashina asosida ugleplastik Monocage II monokokki yotadi. Modelning massasi avvalgi shunga o‘xshash jihozlanishga ega modeldan taxminan 18 kg ga yengillashadi. McLaren 720S superkari 720 ot kuchiga ega 3,8 litrli dvigatel bilan jihozlanadi.
Yangi superkar, shuningdek, poyga avtomobillari kabi asboblar paneli bilan jihozlanadi. Taxmin qilinishicha, mashinaning trek rejimida asboblar panelining bir qismi old panelga olinadi hamda haydovchiga faqatgina muhim ma’lumotlar: dvigatelning tirsakli vali oborotlari va tanlangan uzmatani ko‘rish imkoniyatini qoldiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi