OLX e’lonlar servisining analitiklari 2016 yil statistikasini o‘rganib chiqdi va qaysi avtomobil markalari ko‘proq sotilganligini aniqladi.
Birinchi o‘rinni so‘zsiz Chevrolet markasi egalladi. O‘zbekiston va qo‘shni Qozog‘iston xududida yig‘iluvchi bu avtomobil markasiga internet orqali amalga oshirilgan barcha xaridlarning 56 foizi to‘g‘ri keldi, deb yozadi "Daryo.uz" sayti. Bu marka avtomobillarining onlayn narxi bir necha ming dollardan boshlanadi.
VAZ markasi uch marta pastroq ko‘rsatkichni ko‘rsatdi. VAZ markasiga OLX’da amalga oshirilgan barcha bitimlarning 16,5 foizi to‘g‘ri keldi. «Jiguli» narxi OLX’da bir necha million so‘mdan boshlanadi. Uchinchi o‘ringa Daewoo markasi sazovor bo‘ldi. Janubiy Koreya brendi portaldagi har o‘ninchi bitim predmeti bo‘lgan.
Beshtalikka shuningdek, bir-biriga mutlaqo o‘xshamaydigan ishlab chiqaruvchilar: Germaniyaning Mercedes va Rossiyaning GAZ markalari kiritildi. Ular yaqin natijalarga erishgan: har ikkala marka hisobiga 2016 yilda amalga oshirilgan muvaffaqiyatli bitimlarning taxminan 2 foizi to‘g‘ri kelgan.
O‘ntalikni barcha xaridlarning 0,7 dan 2 foizgacha ulushi to‘g‘ri kelgan markalar yakunladi. Ular orasidan eng ildamlari — Germaniyaning BMW va Rossiyaning «Moskvich» markalaridir. Undan keyin Janubiy Koreyaning yana bir vakili – Hyundai. Eng oxirgi o‘rinlarni esa Yaponiya davlatining vakillari— Nissan va Toyota markalari egalladi. Ular hisobiga barcha bitimlarning 0,8 foizi to‘g‘ri keldi.
OLX ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda xarid qilinadigan avto markalarining 2016 yilgi Top-10 taligi quyidagicha ko‘rinishga ega:
1. Chevrolet
2. VAZ
3. Daewoo
4. Mercedes
5. GAZ
6. BMW
7. «Moskvich»
8. Hyundai
9. Toyota, Nissan
10. ZAZ
Xaridorgir modellar
Eng xaridorgir modellar asosan Chevrolet markasiga tegishli bo‘lgan. Reytingda birinchi o‘rinda barcha bitimlarning 16,6 foizi bilan Spark modeli, 12,9% bilan Lacetti undan biroz ortda qolmoqda. 10,1 foizga Chevrolet Nexia erishgan, Chevrolet markasining yana bir modeli Matiz, Chevrolet Nexia’dan yarim foizgagina ortda qolgan. Cobalt hisobiga bitimlarning 7,4 foizi to‘g‘ri kelgan. Oltinchi o‘rinda – 4,4% bilan Daewoo Matiz, undan keyin Chevrolet Captiva va Daewoo Nexia modellari, har ikkala model hisobiga barcha bitimlarning 3,9 foiz i to‘g‘ri kelgan. Bitimlarning 3 foizigina VAZ 2106 hisobiga, va bitimlarning salkam 40 foizi boshqa modellarga to‘g‘ri kelgan.
O‘zbekistonda eng xaridorgir avto modellarining 2016 yilgi Top-10 taligi:
1. Chevrolet Spark
2. Chevrolet Lacetti
3. Chevrolet Nexia
4. Chevrolet Matiz
5. Chevrolet Cobalt
6. Daewoo Matiz
7. Chevrolet Captiva, Daewoo Nexia
8. VAZ 2106
9. Chevrolet Malibu
10. Chevrolet Epica
Narx bo‘yicha rekordlar
Byudjet avtomobillarning narxi OLX’da bir necha million so‘mdan boshlanadi, ammo premium-segmentda ham antiqa takliflar bor. Ulardan biri — to‘liq restavrasiya qilingan «Chayka» 13 raritet sovet avtomobili. Sotuvchi tomonidan belgilangan narx 100 ming dollar.
Mercedes’dan gelendvagen deb ataluvchi kam yo‘l bosgan G55 yo‘ltanlamas avtomobili 130 ming dollarga sotilmoqda. Germaniyadan keltirilgan Porsche Cayenne — 95 ming dollar, Panamera esa— 88 ming dollarga sotuvga qo‘yilgan.
Drayvni xush ko‘radiganlar uchun ham takliflar bor. 60 ming dollarga Toshkentda Maserati Ghibli sotilmoqda. Aynan shunday narxda mashhur Ford Mustang avtomobilini xarid qilish mumkin. Ford Mustang avtomobilini e’lon muallifi er uchastkasiga almashishga ham tayyor.
OLX O‘zbekistonda «Engil avtomobillar» rukni bo‘yicha Audi Q7 avtomobilining 220 million so‘m — taxminan 67,5 ming dollarga sotilganligi 2016 yilning eng qimmat bitimi sifatida tan olingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi