So‘nggi kunlarda Telegram messenjerida Spark avtomobilini o‘zgartirib elektromobilga aylantirayotgan xorazmlik avtousta bilan suhbat tarqaldi. Carzone.uz muxbiri buni aniqlashtirish uchun elektromobilsozlikda faoliyat yuritayotgan tadbirkor bilan telefon orqali aloqa bog‘lab, ayrim savollarga oydinlik kiritdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Xorazmda ichki yonuv dvigatelli an’anaviy avtomobillardan elektromobillar tayyorlash amaliyoti sinovdan o‘tgan va hozir ayrim namunalar yo‘llarda harakatlanayotibdi. Bu jarayonda avtomobilning ichki yonuv dvigateli olib, o‘rniga elektromotor qo‘yiladi. Mashinani kislotali akkumulyatorlar harakatga keltiradi. Litiy-ionli akkumulyatorlardan foydalanish imkoniyati haqida berilgan savolga, “narx bir oz qimmatlashishi mumkin”, degan javob olindi.
Mahalliy elektromobil to‘la zaryadi bilan 100-120 km yo‘l bosadi. Uni quvvatlash 3-4 soat vaqt talab qiladi hamda 2-3 ming so‘mga tushadi. Nafaqat, Spark, balki boshqa rusumlarni, jumladan, VAZ avtomobillarini ham elektromobilga aylantirishning imkoni bor.
Xorazmlik tadbirkorlar ishni yo‘lga qo‘yib olgach, boshqa viloyatlarda ham o‘z markazlarini ochish rejasi bor.
Oxirgi yillarda jahonda ekologiya masalasi kun tartibidan o‘rin olayotganligi tufayli ichki yonuv dvigatelli avtomobillardan elektromobillarga o‘tish jarayoni amalga oshmoqda. Mamlakatimizda ham turli sanoat korxonalari va avtomobillar chiqarayotgan gaz-tutun sababli ekologik vaziyat maqtangulik darajada emas. Shu sababli O‘zbekistonda elektromobillarni keng targ‘ib qilish atrof-muhit muhofazasi yo‘lida sezilarli qadam bo‘ladi, deb hisoblash mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi