Chevrolet Traverse Z71 uchun shartnomalar O‘zbekistonda rasman ochildi

O‘zbekistonda yangi yirik yangilik. UzAuto Motors AJ Chevrolet Traverse Z71 modeli uchun xarid shartnomalarini tuzish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi. Endi krossoverga qiziqqanlar rasmiy tartibda shartnoma rasmiylashtirishni boshlashi mumkin.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Chevrolet Traverse Z71 avtomobilini sotib olish uchun shartnomani UzAuto Motors’ning barcha rasmiy dilerlik markazlarida rasmiylashtirish mumkin. Ya’ni hujjat ishlari faqat bir-ikkita nuqtada emas, dilerlik tarmog‘i bo‘yicha amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha savollar, komplektatsiya yoki shartnoma jarayoniga oid ma’lumotlar uchun UzAuto Motors’ning +99878 141 7777 raqamli call-markaziga murojaat qilish mumkin. Shuningdek, rasmiy sahifada ham ma’lumotlar berib borilmoqda: https://chevrolet.uz/traverse_z71


Qisqasi, kim uzoq kutgan bo‘lsa — start berildi. Endi navbat dilerlik markazlaridagi tempga qarab “tez-tez” bo‘lib ketishi mumkin.
