Yaponiyaning Fuji Heavy Industries mashinasozlik kompaniyasi 1 apreldan o‘zining nomini Subaru nomiga o‘zgartirdi. Avval bu nom avtomobil markasiga tegishli bo‘lgandi, deb yozadi Kun.uz nashri.
"Kompaniya nomining o‘zgarishi bu oldinga yangi qadamdir. Albatta, biz yirik avtomobilsozlik kompaniyalari bilan raqobatlasha olmaymiz, biroq xavfsiz, haydashdan zavq beradigan mashinalarni Yaponiya va AQSh bozoriga mo‘ljal olgan holda ishlab chiqarishda davom etamiz", deb aytdi kompaniya rahbari Yasuyuki Yosinaga.
Subaru yapon tilida Buzoq yulduzlar turkumidagi Hulkar yulduzlar to‘dasining nomini bildiradi. Marka emblemasida ham yulduzlar tasvirlangan.
Kompaniya 1953 yilda Nakajima Aircraft aviasozlik korporasiyasining parchalanishi natijasida tashkil topgan. Kompaniya 1958 yildan boshlab Subaru markasi ostida mashinalar ishlab chiqarishni boshlagan.
Yaponiyada kompaniyaga yiliga 600 mingta avtomobil, jumladan Impreza, Forester, Legacy kabi ommaviy modellarni ishlab chiqaradigan 2 ta zavod tegishli. Kompaniya 2014 yilda 20-millioninchi mashinasini ishlab chiqargandi.
Kompaniya sotadigan atomobillar miqdori Toyota sotadigan avtomobillar miqdorining 9 dan birini tashkil qiladi. Kompaniya hissasiga dunyo avtomobil bozorining bor-yo‘g‘i 1 foiz ulushi to‘g‘ri keladi. Biroq uning sof daromadi umumiy xarajatlardan 17,5 foizni tashkil qiladi va bu Yaponiya avtomobilsozlik sanoatida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi