
AQShning Florida shtatida Auctions America kimoshdi savdo uyida mamlakat prezidenti Donald Trampning sobiq Ferrari F430 avtomobili noma’lum kimsa tomonidan 270 ming dollarga xarid qilindi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
AQSh etakchisining sobiq mashinasi 1 aprel, shanba kuni sotuvga qo‘yilgandi. Tramp Ferrari F430 avtomobilini 2007 yili shaxsiy foydalanishi uchun sotib olgandi. To‘rt yil davomida 3,8 ming kilometr masofani bosib o‘tganidan keyin AQSh prezidenti uni sotib yubordi. Mashinaning keyingi egasi kim ekani ma’lum qilinmagan.
Bu kabi avtomobil modellari taniqli shaxslarga tegishli bo‘lmasa, odatda bosib o‘tgan masofasi, holati va jihozlanishiga qarab 125–175 ming dollarga sotiladi.
Auctions America vakili
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Auctions America vakili
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar