date

Xiaomi kompaniyasi BMW mutaxassislari bilan hamkorlikda YU7 GT poyga elektromobilini yaratdi

Xiaomi kompaniyasi BMW mutaxassislari bilan hamkorlikda YU7 GT poyga elektromobilini yaratdi

Xiaomi kompaniyasi asoschisi Ley Szin 2026-yilning may oyi oxirida sotuvga chiqadigan Xiaomi YU7 GT poyga avtomobilining ilk suratini e'lon qildi. Ushbu model kompaniyaning Germaniyaning Myunxen shahrida tashkil etilgan Yevropa ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan birinchi loyihadir. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi elektromobilni yaratishda dunyo darajasidagi ekspertlar va taniqli dizaynerlar ishtirok etgan. Loyihaga ilgari BMW M4 GT3 poyga avtomobili ustida ishlagan Rudolf Dittrix rahbarlik qilmoqda.

Shuningdek, BMW kompaniyasining yana bir faxriysi Klaus-Diter Groll avtomobilning dinamik xususiyatlarini ishlab chiqishga mas'ul etib tayinlangan.

Ley Szinning ta'kidlashicha, Xiaomi YU7 GT nemis uslubida sozlangan bo'lib, u eng yaxshi Yevropa avtomobillari kabi haydovchilar ishonchini qozonishi kutilmoqda. Groll avvalroq BMWning 3, 4-seriyalari hamda X5, X6 va X7 kabi mashhur modellari ustida ishlagan tajribaga ega.

Ma'lumot uchun, Xiaomi avtomobil ishlab chiqarishni boshlaganiga besh yil bo'ldi. O'tgan ikki yil davomida kompaniya bozorga SU7 va YU7 modellaridan jami 650 000 donadan ortiq yetkazib berishga ulgurdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Xiaomi kompaniyasi BMW mutaxassislari bilan hamkorlikda YU7 GT poyga elektromobilini yaratdi