date

Jaecoo va Omoda avtomobillari nima uchun ommalashmoqda?

Jaecoo va Omoda avtomobillari nima uchun ommalashmoqda?

Har bir o'n yillikning o'ziga xos timsoli bo'lgan avtomobillari mavjud. Masalan, 1980-yillarda BMW 3 Series (E30), 1990-yillarda Subaru Impreza WRX, 2000-yillarda BMW Mini va 2010-yillarda Tesla Model S kabi modellar avtomobil sanoati tarixida muhim o'rin egallagan. Bu haqda Autocar.co.uk xabar beradi.

Hozirgi o'n yillikda qaysi avtomobillar tarixda qolishini vaqt ko'rsatadi, biroq Jaecoo 7 modeli allaqachon bozorning diqqat markaziga tushib ulgurdi. Dilerlarning fikricha, ushbu brendlarning muvaffaqiyati tasodif emas.

Omoda va Jaecoo avtomobillarining xaridorlar orasida tez ommalashishiga zamonaviy dizayn, ilg'or texnologiyalar va maqbul narx siyosati sabab bo'lmoqda. Ayniqsa, krossover segmentidagi raqobat kuchayib borayotgan bir paytda, ushbu brendlar o'ziga xos yondashuvni taklif etmoqda.

Mutaxassislar ta'kidlashicha, ushbu avtomobillarning dvigatel samaradorligi va salon jihozlanishi xaridorlar kutganidan ham yuqori natijalarni ko'rsatmoqda. Bu esa brendning qisqa vaqt ichida katta bozor ulushini egallashiga xizmat qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Jaecoo va Omoda avtomobillari nima uchun ommalashmoqda?