date

Tigʻiz trafik kelajakdagi avtonom avtomobillar harakatiga xalaqit berishi mumkin

Tigʻiz trafik kelajakdagi avtonom avtomobillar harakatiga xalaqit berishi mumkin

Simsiz aloqa texnologiyalari umumiy transport tizimlarida, xususan, yoʻllarda kelajakdagi intellektual transport tizimlarini joriy etishda muhim rol oʻynaydi. Bunda 5G tarmogʻi avtonom boshqariladigan avtomobillarning oʻzaro maʼlumot almashishi uchun asosiy vosita boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Autocar.co.uk xabar beradi.

Biroq, Glazgo universiteti va Edinburgdagi Heriot-Watt universiteti tadqiqotchilari tomonidan oʻtkazilgan yangi izlanishlar kutilmagan muammoni yuzaga chiqardi. Maʼlum boʻlishicha, hatto eng zamonaviy 5G texnologiyasi ham maʼlum sharoitlarda uzilishlarga duch kelishi mumkin.

Tadqiqot natijalariga koʻra, yoʻllardagi piyodalar, boshqa transport vositalari va hatto harakatdagi obektlar simsiz signallarni bir necha soniyaga toʻsib qoʻyishi ehtimoli mavjud. Bu esa haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarning xavfsiz harakatlanishi uchun jiddiy toʻsiq boʻlishi mumkin.

Mutaxassislar tigʻiz trafik sharoitida signalning bunday qisqa muddatli bloklanishi tizimning qaror qabul qilish tezligiga taʼsir qilishidan xavotirda. Kelajakda avtonom transport vositalarini keng joriy etish uchun ushbu texnik muammolarni bartaraf etish ustida qoʻshimcha ishlar olib borilishi zarur.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Tigʻiz trafik kelajakdagi avtonom avtomobillar harakatiga xalaqit berishi mumkin