Toyota, Lexus va Honda yetakchilik qilgan reyting e’lon qilindi

iSeeCars kompaniyasi tahlilchilari 174 milliondan ortiq avtomobil ma’lumotlarini o‘rganib, mashinalarning 400 ming kilometr masofani jiddiy nosozliklarsiz bosib o‘tish chidamliligi bo‘yicha yangi reytingni taqdim etdi. Mazkur ro‘yxatda yapon avtosanoati yetakchilikni saqlab qolgani ma’lum bo‘lib, dastlabki to‘rt o‘rinni mos ravishda Toyota, Lexus, Honda va Acura brendlari egalladi.
Tahlilchilar 174 milliondan ortiq avtomobil haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib, qaysi brendlar 400 ming kilometr masofani jiddiy nosozliklarsiz bosib o‘tish ehtimoli yuqori ekanini aniqladi.
Avtomobil bozorini tadqiq qiluvchi mashhur iSeeCars kompaniyasi mashinalarning chidamliligi bo‘yicha yangi reytingni taqdim etdi. Natijalar yapon avtosanoati bu borada hanuz yetakchilikni saqlab qolayotganini ko‘rsatdi. Reytingning dastlabki to‘rt o‘rnini Toyota, Lexus, Honda va Acura kabi yapon brendlari egalladi.
Ro‘yxatda mutlaq peshqadam Toyota bo‘ldi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur brend avtomobillarining 400 ming kilometrlik marrani bosib o‘tish ehtimoli 17,8 foizni tashkil etgan. Bu esa butun avtosanoat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan qariyb 3,7 baravar yuqori natija hisoblanadi.
Eng yaxshi o‘ntalikdan GMC, Tesla, Chevrolet, Cadillac, Mazda va Ram brendlari ham o‘rin oldi. Tesla esa kuchli oltilikka kirgan yagona elektromobil ishlab chiqaruvchisi sifatida e’tibor qozondi.

Reytingning quyi pog‘onalaridan BMW, Audi va Land Rover kabi Yevropa brendlari joy oldi. Eng past ko‘rsatkichlar Jaguar, MINI va Maserati avtomobillarida qayd etildi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, zamonaviy texnologiyalar rivojlangan davrda ham 400 ming kilometr masofani jiddiy muammolarsiz bosib o‘tadigan avtomobil ishlab chiqarish ko‘plab kompaniyalar uchun murakkab vazifa bo‘lib qolmoqda.






























Izohlar 0
…