21:16 / 05.05.2017
9 002

Rossiyada Ravon Gentra 90 ming rublga arzonlashdi

Rossiyada Ravon Gentra 90 ming rublga arzonlashdi
O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi Chevrolet Lacetti’ning avvalgi avlodini endilikda Rossiyada kamida 539 ming rublga xarid qilish mumkin, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Aprelda Ravon Gentra’ning oddiy nusxasi uchun 639 ming rubl so‘ralgandi, endi esa model barcha nusxalari 15 foizga arzonlashdi. Mexanik uzatmalar qutisi va 107 ot kuchiga ega 1,5 litrli dvigatel bilan jihozlangan eng oddiy Ravon Gentra 539 mingga baholangan. Avtomatik uzatmalar qutisi uchun yana 40 ming rubl to‘lash kerak bo‘ladi, top nusxa esa 669 ming rublga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya yana bir bestseller - Ravon Nexia’ni ham sotmoqda. U Chevrolet Aveo avvalgi avlodga o‘xshash.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyada Ravon Gentra 90 ming rublga arzonlashdi