22:23 / 27.05.2017
9 393

"GM Uzbekistan"ning barcha avtomobillari milliy valyuta - so‘mda sotiladimi?

"GM Uzbekistan"ning barcha avtomobillari milliy valyuta - so‘mda sotiladimi?
1 iyundan boshlab "GM Uzbekistan" barcha avtomobillari milliy valyuta - so‘mda sotilishi yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda Sharh.uz.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 mayda PQ-3010-sonli ""Jeneral Motors O‘zbekiston" AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari narxlarini shakllantirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan.

Qarorning 1-bandida "Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va "O‘zavtosanoat" AKning 2017 yil 1 iyundan ichki bozorda "Jeneral Motors O‘zbekiston" AJning barcha turdagi yengil avtomobillarini milliy valyuta - so‘mda sotish borasidagi taklifi ma’qullansin" deyiladi.

2-bandida 2017 yil 1 iyungacha bo‘lgan muddatda tuzilgan barcha shartnomalar avvalgi tartib bo‘yicha amalga oshirilishi belgilangan. Shuning sohadagi ehtiyot qismlar eksportini qisqartirish, investisiyalarni jalb qilgan holda mahalliylashtirishni chuqurlashtirish choralarini ko‘rish ta’kidlangan.

Qaror ijrosi uchun Bosh vazir A.Aripov mas’ul etib belgilangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » "GM Uzbekistan"ning barcha avtomobillari milliy valyuta - so‘mda sotiladimi?