
"GM Uzbekistan" AJ 1 iyundan o‘zi ishlab chiqaradigan avtomobillar narxini oshirishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda Kun.uz nashri. Narxlar 25-30 foizga oshishi taxmin qilinmoqda.
31 mayning ikkinchi yarmida ushbu masala bo‘yicha majlis o‘tkazilishi belgilangandi. Uning yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining avtomobillar narxining oshishi bo‘yicha qarori qabul qilinadi.
Avvalroq Kun.uz 1 iyundan boshlab "GM Uzbekistan"ning barcha avtomobillari so‘mda sotilishi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, kompaniya 2017 yilning 29 mayidan 31 mayigacha yangi shartnomalarni tuzish va avtomobillarni berishni vaqtinchalik to‘xtatgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar