
GM Uzbekistan etkazib beriladigan avtomobillari ketma-ketligini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi elektron arizalarni ro‘yxatga olish tizimini joriy qildi. Bu haqda Uz24.uz sayti yozmoqda.
Arizalar holatini quyidagi havoladan o‘tib, ko‘rishingiz mumkin:
Elektron arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun rasmiy dilerlik avtosalonlaridan biriga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Avtosalon xodimlari tomonidan elektron arizani ro‘yxatdan o‘tkazish rad qilinganda, qo‘shimcha mukofotlar yoki boshqa g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar talab qilinganda, zudlik bilan ishonch raqamlari (+99871 147 14-14)ga xabar qilishingizni so‘raymiz, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 1 iyundan GM Uzbekistan avtomobillari narxi 30-47%ga oshdi va ularning savdosi milliy valyutada amalga oshirilishi boshlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar