11:37 / 04.06.2017
12 158

GM Uzbekistan avtomobillari narxi endi har hafta o‘zgarib boradi

GM Uzbekistan avtomobillari narxi endi har hafta o‘zgarib boradi
Joriy yilning 1 iyunidan GM Uzbekistan avtomobillari uchun qo‘yilgan yangi narxlar dollarning so‘mga nisbatan ekvivalentiga qarab belgilangani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumki, har haftaning seshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki chet el valyutalarining so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini yangilab boradi. Qayd etish kerak, so‘nggi oylar mobaynida AQSh dollari faqat oshib kelmoqda va ayni damda 1 AQSh dollari 3846 so‘mu 33 tiyinni tashkil etadi.

Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, endilikda har hafta AQSh dollarining so‘mga nisbatan qiymati o‘zgarishiga qarab avtomobillar uchun belgilangan narxlar ham yangilanaveradi.

GM Uzbekistan AJ oldin avtomobillar ehtiyot qismlarini Janubiy Koreyadan dollarga sotib olar edi. Taxminimizcha, endi Markaziy bank dollarni o‘zbek so‘miga almashtirib berishni o‘z zimmasiga olgan va GM Uzbekistan bilan birgalikda shunday hisob-kitob qilishgan.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan avtomobillari narxi endi har hafta o‘zgarib boradi