date

Vodorodda ishlovchi Toyota avtomobillari 15 dekabrdan sotuvga chiqariladi

Vodorodda ishlovchi Toyota avtomobillari 15 dekabrdan sotuvga chiqariladi

«Toyota» kompaniyasi «Mirai» avtomobilining vodorodda ishlovchi yangi modelini bozorga chiqarishi haqida xabar berdi. Mashinalar 15 dekabrdan sotuvga chiqariladi, Bu haqda «gazeta.ru»ga asoslanib «kun.uz» xabar bermoqda.

Avtokonsern «Mirai»ning ishlab chiqarilishi uchun qo‘shimcha 165 mln dollar mablag‘ sarflamoqchi. Kompaniya vodorod idishlari va yonilg‘i elementlarining ishlab chiqarilish hajmini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

Dastlab avtomobil ichki bozorga chiqariladi, 2015 yilning yozidan esa Evropa va AQSh bozorlariga ham kirib borish mo‘ljallanmoqda. Iyun oyida bu yangi mashinaning narxi 69 ming dollarni tashqil qilishi haqida xabar berilgan edi.

foto: Kun
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Vodorodda ishlovchi Toyota avtomobillari 15 dekabrdan sotuvga chiqariladi