Ostonada o‘tayotgan EXPO 2017 xalqaro ko‘rgazmasining O‘zbekiston milliy pavilonida "Matiz" avtomobilining vodorod yonilg‘isida ishlovchi antiqa sinov modeli namoyish qilindi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Ushbu avtomobilning dunyodagi boshqa analoglaridan farqi unda vodorod saqlash uchun mo‘ljallangan bakning yo‘qligi sababli xavfsizligi yuqoriligidadir. Bunday turdagi dvigatel ishi natijasida ishlangan gazlarni tashqariga chiqarish tizimida suv chiqadi.
Ichki yonuv dvigatelida vodorod ishlatuvchi tizim evaziga avtomobil atrof-muhitga chiqaradigan gazlar hajmi 80 foizgacha kamayadi.
Bundan tashqari, o‘zbekistonlik mutaxassislar avtomobilsozlik sohasidagi yana ikkita ishlanmani taqdim qilishdi. Ulardan biri – tomida quyosh panellari bo‘lgan elektromobil konseptidir.
Yana bir namoyish qilingan eksponat elektrokarting bo‘ldi. Bu tajribaviy platforma bo‘lib, unda transport vositasining barcha elektron tizimlari, akkumulyator batareyalari va elektromotorlarining o‘zaro ishlashining turli variantlari sinaladi. Bu model 110 km/soat maksimal tezlikka ega bo‘lib, yurish zaxirasi 30 km ni tashkil qiladi. Model 100 km/soat tezlikka 6 soniyada erishadi.
Bundan tashqari, "O‘zavtosanoat" AK tomondan ko‘rgazmada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 4 ta past polli MAN CNG (A22) avtobuslari harakati tashkillashtirilgan. Bu esa ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonning ishlab chiqarish salohiyatini to‘liq namoyish qilishga imkon beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi