Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda ajoyib video paydo bo‘ldi: Porsche Cayman GT4 sportkari haydovchisi tezlik borasida Tesla elektrokari bilan bellashishga qaror qildi va ... mag‘lub bo‘ldi! Tesla Model S sohibi avtomobil ichidan olingan videotasmani internetga joylashtirdi. Kun.uz nashri shu haqidagi ma’lumot bilan bo‘lishdi.
Svetoforda yashil chiroq yoqilishi bilanoq improvizasiyalashgan poyga boshlandi. Porsche Cayman sportkari Tesla Model S elektrokaridan o‘zib ketishga harakat qildi - biroq kutilmaganda voqea o‘zgacha tus oldi. Ehtimol, Tesla haydovchisi Ludicrous rejimini qo‘llagandir, bu rejimda 100 km/soatga tezlashish atigi 2,7 soniyada ro‘y beradi. Chorrahadan o‘tgandan keyin Porsche boshqaruvni qo‘ldan chiqardi va avtomobil aylanib ketdi. Yaxshiki, yo‘l bo‘sh bo‘lgan, shu bois poyga YTH bilan tugamagan.
Ehtimol, Porsche rulini etarli tajribaga ega bo‘lmagan haydovchi boshqargandir, biroq bu elektrokarning fazilatlariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»