
Germaniyadagi «Kidzaniya» o‘yinli ta’lim bog‘ida Audi avtomobil dizayni bolalar markazi ochildi. Bu haqda «Eurasia Diary»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Maxsus uskuna yordamida bolalar konsept-karlar yaratishi, sinovlar o‘tkazishi hamda kelajak avtomobillari uchun interer ishlab chiqishi mumkin bo‘ladi. Konsept-karlarning uch varianti yaratiladi: sayohat mashinasi, oilaviy avtomobil va shahar konsepti. Asosiy shart — bu shunchaki avtomobil emas, kelajakning uchuvchi trasport vositasi bo‘lishi lozim.
Shuningdek, markazda poyga trassasi hamda texnik xizmat ko‘rsatish zonasi jihozlanadi. U yerda haqiqiy Audi misolida transport vositalari tuzilishi va ishlash prinsiplarini o‘rganish mumkin bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar