17:06 / 04.09.2017
8 251

Brabus dunyodagi eng kuchli va tezkor kabrioletni yaratdi

Germaniyaning Brabus atelesi o‘zining yangi loyihasini — kompaniyada dunyodagi eng kuchli va tezkor kabrioleti deya ta’riflanayotgan 900 kuchga ega Mercedes-Benz S-Class’ini taqdim etdi. Avtoulov sentyabr oyining o‘rtalarida Frankfurtda bo‘lib o‘tadigan motorshouida namoyish etiladi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Brabus dunyodagi eng kuchli va tezkor kabrioletni yaratdi
Yangilik Mercedes S65 bazasi asosida yaratilgan bo‘lib, hajmi 6,0 litrdan 6,3 litrga qadar ko‘tarilgan o‘n ikki silindrli biturbo motor bilan jihozlangan.

Avtomobilga modifikatsiya qilingan yetti pog‘onali uzatmalar qutisi va ishqalanishning blokirovkasi 40 foizga qadar ko‘tarilgan Brabus’ning orqa differensiali o‘rnatilgan.

Agregat quvvati 270 ot kuchiga teng bo‘lib, maksimal aylanishlar momenti 1500 Nm.ni tashkil etadi.

Noldan yuz kilometr tezlikka 3,9 soniyada chiqadi, bu standart Mercedes-AMG S 65 Cabriolet’dan 0,2 soniyaga tezroq demakdir. Maksimal tezligi esa soatiga 350 kilometrga teng.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Brabus dunyodagi eng kuchli va tezkor kabrioletni yaratdi