Bugungi kunda “chiroyli raqamlar” mavzusidagi muhokamalar biroz susaygandek ko‘rinadi. Bunga sabab sifatida raqamlarning narxlari anchagina qimmatligini asos qilib ko‘rsatish mumkin.
Kecha, 14 sentyabr kuni soat 15:24 da O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining axborot tizimida avtoraqamni sotish bo‘yicha birinchi bitim tuzildi. Bu haqda “O‘zRTXB” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, elektron savdolar yakuniga ko‘ra, Jizzax viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (25) E 070 EA avtomobil raqami 7 563 637,50 so‘mga sotilgan. Lotning boshlang‘ich narxi 7 488 750 so‘mni tashkil etgan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq savdo g‘olibi 5 kun mobaynida tuzilgan bitim bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni to‘liq qoplashi va keyingi 10 kun davomida raqamni O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB bo‘linmasida rasmiylashtirishi lozim.
Respublika tovar-xomashyo birjasining ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda birjaning “avtoraqam.uzex.uz” savdo tizimiga 841 ta davlat raqami belgilari, shu jumladan 635 ta — jismoniy shaxslar va 206 ta — yuridik shaxslar uchun joylashtirilgan.
Respublikamizning barcha hududlarida auksionga qo‘yilayotgan avtoraqamlarining soni kundan kunga ortib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, auksionlarni yakunlash muddati sotuvchining talabnomasi qo‘yilgan paytdan boshlab eng kamida uch ish kunini tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas